O‘zbekiston | 14:54 / 21.11.2024
706
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Daniya o‘rtasida birinchi siyosiy maslahatlashuvlar o‘tkazildi

O‘zbekiston–Daniya onlayn formatda ikki davlat tashqi ishlar vazirliklarining tegishli boshqarma rahbarlari ishtirokida birinchi siyosiy maslahatlashuvlarni o‘tkazdi.

Foto: "Dunyo" AA

TIV ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston va Daniya o‘rtasidagi ko‘p qirrali, birinchi navbatda, savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy, gumanitar va transport-logistika sohalaridagi munosabatlarni faollashtirish va kengaytirish, shuningdek, xalqaro platformalardagi o‘zaro hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Turli darajadagi tashriflar almashinuvini birgalikda rivojlantirish, tomonlarning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ikki tomonlama munosabatlarning shartnomaviy-huquqiy asoslarini shakllantirish, shuningdek, siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundini 2025 yilda Toshkent shahrida o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

O‘zbekiston va Daniya o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar 1992 yil 25 yanvarda o‘rnatilgan.

Mavzuga oid