Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mo‘g‘ulistonda o‘zbek kurashi bo‘yicha jahon chempionati o‘tkaziladi
Joriy yilning dekabr oyida Mo‘g‘uliston poytaxti Ulan-Bator shahrida o‘zbek kurashi bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi IX jahon chempionati hamda faxriylar o‘rtasidagi III jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.
Xalqaro kurash assotsiatsiyasi kuni kecha mazkur jahon chempionatida ishtirok etadigan milliy terma jamoalarni ro‘yxatga olish muddati yakunlanganini e’lon qildi.
Xalqaro kurash assotsiatsiyasiga yo‘llangan talabnomalarga ko‘ra, Mo‘g‘uliston poytaxtida o‘tadigan jahon chempionatida 30 dan ziyod davlatning 400 nafardan ortiq sportchilari bellashuvlarda ishtirok etadi.
Mazkur jahon chempionati doirasida Ulan-Batorda kurashni yanada rivojlantirish maqsadida murabbiy va hakamlar uchun seminarlar, Xalqaro kurash assotsiatsiyasining bir qator kengaytirilgan yig‘ilishlari, turli brifing va ko‘rgazmalar tashkil etilishi belgilangan.
Jahon chempionati nizomiga muvofiq, joriy yil 2 dekabrdan bellashuvlarga start beriladi.
Ayni kunlarda Mo‘g‘ulistonda o‘tadigan kurash musobaqalarini yuqori saviyada tashkil etish borasida Ulan-Batorda Xalqaro kurash assotsiatsiyasining ishchi guruhi o‘z faoliyatini olib bormoqda.
Mavzuga oid
17:48 / 13.05.2025
Mo‘g‘ulistonning Hunnu Air aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
17:44 / 27.02.2025
O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston o‘rtasida birinchi aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda
13:22 / 16.01.2025
O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston o‘rtasida transport qatnovi to‘g‘risidagi bitimlar tasdiqlandi
16:40 / 14.01.2025