Toshkentda pirotexnika buyumlarini sotayotgan shaxslar ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Zangiota tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tadbirda pirotexnika buyumlarini sotayotgan shaxslar ushlandi.
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lum qilishicha, fuqarolar M.B va S.K. o‘zaro til biriktirib, pirotexnika buyumlarini o‘tkazish orqali noqonuniy daromad orttirish maqsadida fuqaro M.A.ga jami 2 400 quti “Miki maus”, 56 dona 7 Shots nomli hamda 13 dona “Korolevskiy salyut” nomli pirotexnika buyumlarini 3 220 AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Shu kabi, departamentning Uchtepa tumani bo‘limi, DXX va bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorligida “Fayzobod” MFY hududidan o‘tuvchi Toshkent halqa yo‘lida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar X.O., F.M. va boshqalar noqonuniy daromad orttirish maqsadida jami 108 dona 7 Shots nomli pirotexnika buyumlarini o‘tkazish maqsadida olib kelgan vaqtida ushlanganlar.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 250-1-moddasi (pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
15:02 / 23.11.2024
Transchegaraviy suvlar, yashirin tunnellar hamda sim to‘siq yonidagi lokatsiya – noqonuniy qurol-yarog‘ chegaradan qanday o‘tyapti?
17:02 / 22.11.2024
Toshkentda 4 mln dona pirotexnika buyumlari yo‘q qilindi
14:18 / 22.11.2024
Zangiotada 14 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi
10:20 / 30.10.2024