Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gurjiston parlamenti prezidentlik saylovi sanasini belgiladi
Prezident saylovi birinchi marta to‘g‘ridan-to‘g‘ri ovoz berish yo‘li bilan emas, balki saylovchilar kollegiyasi tomonidan o‘tkaziladi.
Gurjiston parlamenti 14 dekabrga prezidentlik saylovini belgiladi, deb xabar berdi «Interfaks».
«Prezident saylovi birinchi marta to‘g‘ridan-to‘g‘ri ovoz berish yo‘li bilan emas, balki parlament a’zolari hamda Adjariya va Abxaziya Oliy Kengashlari hamda mahalliy ma’muriyat vakillaridan iborat tashkil etilgan saylovchilar kollegiyasi tomonidan o‘tkaziladi», dedi spiker Shalva Papuashvili.
Uning eslatishicha, amaldagi prezident Salome Zurabishvilining olti yillik vakolati 16 dekabrda tugaydi, shuning uchun Konstitutsiyada belgilangan muddatlarda saylov o‘tkazish zarur.
Mavzuga oid
13:16 / 27.05.2025
Gurjiston Mustaqilligi kunida Tbilisida namoyishlar tinch o‘tdi
10:53 / 24.05.2025
Gurjistonda muxolifat yetakchilaridan biri Japaridze hibsga olindi
12:16 / 19.05.2025
Ruminiyada prezidentlik saylovida Buxarest meri g‘alaba qozondi
11:44 / 19.05.2025