Jahon | 10:40
1647
3 daqiqa o‘qiladi

Varlamovga «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonunni buzganlik bo‘yicha ish ochildi

Moskva prokuraturasi ijtimoiy tarmoqlarda «chet el agenti» belgisini postlarga qo‘shishdan bosh tortgan bloger Ilya Varlamovga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilganini e’lon qildi.

Foto: Dmitry Golubovich/picture alliance / Russian Look

Rossiyada «chet el agenti» deb e’lon qilingan bloger Ilya Varlamovga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Moskva prokuraturasining 25 noyabr, dushanba kuni xabar berishicha, bu haqdagi qaror sentabr oyida boshlangan tekshiruv materiallari asosida qabul qilingan. Ish «chet el agenti» vazifasini bajarishdan bo‘yin tovlaganlikda gumon qilinib qo‘zg‘atilgan», — deyiladi xabarda.

Avvalroq prokuratura Varlamov yil davomida ikki marta «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonunni buzgani uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgani, biroq ijtimoiy tarmoqlarda «qonun talablarini buzgan holda» tegishli belgisiz postlarini chop etishda davom etganini ta’kidlagan edi.

Varlamov jinoiy ishni kutilgan deb atadi

O‘zining ta’qib qilinishini izohlar ekan, Varlamov buni kutilgan deb atadi va kelajakda ham postlariga «chet el agenti» degan belgini qo‘ymasligini aytdi. «Chet el agentlari haqidagi qonunni konstitutsiyaga zid deb bilaman, uning yagona maqsadi siyosiy repressiya va senzuradir», dedi u.

Ilya Varlamov Rossiyaning Ukrainaga keng miqyosli bostirib kirishi boshlanganidan keyin Rossiyani tark etdi. 2023 yil mart oyida Rossiya Adliya vazirligi uni «chet el agenti» deb e’lon qildi. Buning sababi, Rossiya departamentiga ko‘ra, u tomonidan tarqatilgan boshqa «chet el agentlari», xususan, «Dojd» telekanali va «Mediazona» portali bosh muharriri Sergey Smirnovning ma’lumotlari bo‘lgan.

O‘sha yilning avgust oyida Moskvaning Meshchanskiy rayon sudi Ilya Varlamovni nashrlarda «chet el agenti» deb yozmagani uchun 30 ming rubl, dekabrda esa yana 50 ming rubl jarimaga tortdi. 2024 yil may oyida Varlamovga qarshi RF Qurolli kuchlarini «obro‘sizlantirish» bo‘yicha ma’muriy bayonnoma tuzildi. Bloger hozirda Rossiyadan tashqarida yashaydi. Uning Varlamov News Telegram-kanalida 1,3 million, shaxsiy kanalida esa 300 mingga yaqin obunachi bor.

Mavzuga oid