Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy va AQSh «uchga uch» formulasi bo‘yicha mahbuslar almashdi
Mahbuslar almashinuvi Oq uy va Davlat departamentining xitoylik hamkasblari bilan davom etgan uzoq yillik muzokaralari natijasida amalga oshirilgan.
Foto: AP
Vashington va Pekin «uchga uch» formulasi bo‘yicha mahbuslar almashinuvini o‘tkazdi. Bu haqda Oq uy vakiliga tayanib, Politico xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, uch nafar amerikalik — XXRda jazo muddatini o‘tayotgan Devid Suidan, Kay Li va Jon Lyung AQSh qamoqxonalarida saqlangan uch nafar Xitoy fuqarosi bilan almashilgan. Amaldorning ta’kidlashicha, mahbuslar almashinuvi Oq uy va Davlat departamentining xitoylik hamkasblari bilan davom etgan uzoq yillik muzokaralari natijasida amalga oshirilgan.
Suidan 2012 yilda giyohvand moddalar ishida ayblanib, qo‘lga olingan edi. U 10 yildan ortiq vaqt davomida Xitoy qamoqxonasida saqlangan. Jazo muddatini o‘tash davomida u jismoniy va ruhiy qiynoqlarga duchor bo‘lgan, hatto o‘z joniga qasd qilishga ham uringan. U 2019 yilda o‘lim jazosiga hukm qilingandi.
Josuslikda ayblangan Li esa 2016 yildan beri jazo o‘tab kelayotgan edi. Lyung ham josuslikda ayblanib 2021 yilda qo‘lga olingan va 2023 yilda umrbod qamoq jazosiga hukm etilgan. Lyung — Qo‘shma Shtatlardagi bir nechta pekinparast guruhlarning tajribali yetakchisi bo‘lib, ko‘p yillar davomida Xitoy hukumatining yuqori martabali amaldorlari bilan muloqotda bo‘lib kelgan.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yilda Xitoy Ladakxdagi mojaro vaqtida asirga olingan 10 nafar hind harbiysini ozod qilgandi. O‘shanda barcha asirlar, jumladan, podpolkovnik va uch mayor uylariga qaytgan.
Mavzuga oid
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025
Tramp AQSh oliygohlariga chet ellik barcha talabalar qabulini to‘xtatadi
21:38 / 27.05.2025