Mahkumlar uchun elektron braslet ishlab chiqarilishi mumkin
O‘zbekistonda mahkumlar uchun elektron braslet ishlab chiqarish choralari ko‘rilmoqda.
Kriminologiya tadqiqot institut boshlig‘i polkovnik, yuridik fanlari doktori Baxtiyor Berdialiyev ma’lum qilishicha, Kriminologiya institutida bajarilgan ilmiy-tadqiqot loyihasi natijasida uy qamog‘i ehtiyot chorasi va ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan shaxslarni masofaviy nazorat qilishga mo‘ljallangan metodika, elektron braslet qurilmasi va dasturiy ta’minot ishlab chiqilib, intellektual mulk obekti hujjatini (patent) olish, elektron brasletni ishlab chiqarish va tijoratlashtirish bo‘yicha kompleks choralar amalga oshirilmoqda.
Elektron kuzatuv vositasi (elektron braslet) — ozodlikni cheklash tarzidagi jazoga hukm qilingan shaxsni masofadan turib nazorat qilishga mo‘ljallangan, qo‘lga yoki oyoqqa taqiladigan elektron qurilma.
2024 yilning avgustida prezident “Probatsiya to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi. Unga ko‘ra, elektron kuzatuv vositasi (elektron braslet) ozodlikni cheklash tarzidagi jazoni o‘tash tartibi talablarini bajarmayotganligi to‘g‘risida rasmiy ravishda ogohlantirilgan yoki ozodlikni cheklash tarzidagi jazoni o‘tash davrida jamoat tartibini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan probatsiya nazoratidagi shaxsga nisbatan tuman (shahar) probatsiya bo‘linmasi boshlig‘ining qarori asosida qo‘llaniladi.
Mavzuga oid
15:49 / 02.11.2024
O‘zbekistonda har 100 ming aholiga 68 nafar mahkum to‘g‘ri kelmoqda
12:30 / 25.10.2024
Xorijdagi mahkumlarni O‘zbekistonga qabul qilish tartibi takomillashtirilyapti
22:57 / 29.05.2024
Namangandagi qamoqxonada 24 yoshli mahkum o‘z joniga qasd qildi
10:07 / 08.05.2024