Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IJQKD dorilar xaridi qonuniyligi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatadi
“Tibbiyot muassasalarini farmatsevtika mahsulotlari va tibbiy jihozlar bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
2025 yil 1 yanvardan belgilangan tartib va ro‘yxatga asosan quyidagi dori vositalari va tibbiy buyumlarning davlat xaridini to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar asosida amalga oshirishga ruxsat etiladi:
- original dori vositalari (ularning ishlab chiqaruvchisi yoki rasmiy yetkazib beruvchisi orqali);
- yopiq turdagi laboratoriya uskunasi uchun maxsus reagent, reaktiv va sarflov vositalari;
- shoshilinch va tez tibbiy yordam ko‘rsatish uchun zarur dori vositalari va tibbiy buyumlar.
O‘zmedimpeks va “Tibbiyot texnikalariga xizmat ko‘rsatish o‘quv-ishlab chiqarish markazi” davlat muassasalari negizida Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida davlat muassasasi shaklida Xaridlar markazi hamda Markazning 13 ta hududiy filiali tashkil etiladi.
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti sog‘liqni saqlash tizimida dori vositalari va tibbiy buyumlar xaridining qonuniyligi va maqsadliligini ta’minlash, ularning manzilli yetkazilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatadi.
Mavzuga oid
12:08 / 27.05.2025
Vengriya O‘zbekistonda dori ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi
21:39 / 22.04.2025
Dori vositalarining ruxsat etilgan maksimal narxlari qayta ko‘rib chiqiladi
12:46 / 16.03.2025
Chirchiqda ushlangan shaxsning uyidan qariyb 20 ming dona kuchli ta’sir qiluvchi dori topildi
20:52 / 15.03.2025