Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Norvegiya neft jamg‘armasi Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun RF aktivlarini sotadi
Dunyodagi eng yirik fond bo‘lgan Norvegiya Milliy farovonlik jamg‘armasi Rossiyaning Evraz kompaniyasini Ukrainaga qarshi urush uchun po‘lat yetkazib bergani tufayli sotishini e’lon qildi.
Norvegiya Milliy farovonlik jamg‘armasi (Neft jamg‘armasi) Rossiya va Isroildagi aktivlarini sotmoqda. 1,7 trillion yevroga teng dunyodagi eng yirik pensiya jamg‘armasini boshqaradigan Norvegiya markaziy banki 3 dekabr, seshanba kuni kechqurun bu qarorni tasdiqladi va bu etika sabablariga ko‘ra qabul qilinganini bildirdi.
Qaror Ukraina va Yaqin Sharqdagi urush tufayli qabul qilingan
Neft fondi Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi va Falastin-Isroil mojarosining kuchayishi sababli Rossiyaning Evraz metall va konchilik kompaniyasi aksiyalari, shuningdek, Isroilning Bezeq telekommunikatsiya kompaniyasining aktivlaridan voz kechdi.
Evraz Rossiya mudofaa sanoatini po‘lat bilan ta’minlaydi va shu bilan «Rossiya Federatsiyasining Ukrainaga qarshi noqonuniy harbiy tajovuziga hissa qo‘shadi», deya ma’lum qildi Oslo. Evraz bir nechta so‘rovlarga javob bermagani sababli, Markaziy bankning etika kengashi uni Neft jamg‘armasidan chiqarib tashlashni maslahat berdi.
Isroil kompaniyasi o‘z xizmatlarini, shu jumladan, xalqaro huquq tomonidan noqonuniy deb hisoblangan G‘arbiy sohildagi Isroil aholi punktlarida ham taklif qiladi.
Mavzuga oid
16:03 / 17.05.2025
O‘zbekiston elchisi Norvegiya qiroliga ishonch yorlig‘ini topshirdi
20:44 / 02.05.2025
Polshada Norvegiyaning eng badavlat insonlaridan biri YTH oqibatida halok bo‘ldi
22:17 / 29.04.2025
Shpitsbergen arxipelagidagi yer maydoni 300 mln yevroga sotilishi mumkin
11:33 / 19.03.2025