Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lordan stomatologga: tish davolatishga kelgan bemor shifokor shilqimligiga uchradi
Yangiyo‘l shahridagi stomatologiya klinikasida shifokor mijozning qo‘lidan ushlagan holda sochlarini silab, shilqimlik qilgan. Sud huquqbuzarga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinladi.
Toshkent viloyatida bemor shifokor shilqimligiga uchradi. Kun.uz mazkur ish doirasida chiqarilgan sud qarori bilan tanishdi.
Sud qarorida keltirilishicha, 1 dekabr kuni soat 14:30 larda Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahrining Fayzli mahallasidagi stomatologiya klinikasida A.I. tishini davolatish uchun kelgan mijoz G.E.ga (ayol kishi) shahvoniy shilqimlik qilgan. U ayolning qo‘lidan ushlab, sochlarini silagan hamda nomaqbul so‘zlar aytgan.
Sud majlisida A.I. aybiga qisman iqror bo‘lib, huquqbuzarlik faktini tan olgan. Ayol esa huquqbuzarga nisbatan qonuniy jazo berishni so‘ragan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiyo‘l shahar sudining 5 dekabrdagi qarori bilan A.I. MJtKning 41-1-moddasi (Shahvoniy shilqimlik qilish) 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilgan. Unga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Oldinroq Toshkent shahridagi “PLAN BABY” xususiy klinikasida lor shifokori muolaja paytida ayol mijozini o‘pib olgani uchun jazolangandi.
Mavzuga oid
09:49 / 23.05.2025
Ayrim shifokorlarga qo‘shimcha ustamalar to‘lanadi
10:46 / 22.05.2025
Ayrim shifokorlarning oylik lavozim maoshlari 20 foizga oshiriladi
13:10 / 13.05.2025
Kuvaytlik shifokorlar Qoraqalpog‘istonda jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazdi
15:23 / 07.05.2025