Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qildi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6 dekabrda telefon orqali muloqotda Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovni tavallud kuni bilan qutladi.
Davlat rahbari Qirg‘iziston yetakchisiga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat hamda mamlakatning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlashga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirishda katta muvaffaqiyatlar, qardosh qirg‘iz xalqiga esa farovonlik va ravnaq tiladi.
O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
Davlat rahbarlari ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va gumanitar hamkorlik izchil rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.
Yil boshidan buyon tovar ayirboshlash hajmi 700 million dollardan oshdi. Qo‘shma investitsiya fondi muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda, mashinasozlik, energetika, elektrotexnika, to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi va boshqa tarmoqlarda kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Hududlararo va ishbilarmonlik aloqalari, madaniy almashinuvlar faollashdi.
Energetika va transport sohalarida yirik mintaqaviy infratuzilma loyihalarini jadallashtirish muhimligi qayd etildi.
O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlari Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlik masalalari yuzasidan ham fikr almashdilar va bo‘lajak qo‘shma tadbirlar rejasini muhokama qildilar.
Mavzuga oid
10:03 / 28.05.2025
Yirik suv inshootlari va magistral quvurlarga “aqlli” hisoblagich tizimi o‘rnatiladi
21:22 / 27.05.2025
2025 yilda 1619 km ichimlik suv tarmoqlarini tortish rejalashtirilgan
18:30 / 27.05.2025
Shavkat Mirziyoyev YUNISEF ijrochi direktori bilan uchrashdi
12:30 / 27.05.2025