Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dominikana rasmiylari rekord darajadagi 9,5 tonna kokainni musodara qildi
Kontrabanda Gvayemaladan kelgan va Yevropaga jo‘natilishi kerak bo‘lgan banan yukida aniqlandi.
Dominikana Respublikasi rasmiylari o‘z mamlakati tarixidagi eng yirik bo‘lgan 9,5 tonnalik kokainli yukning qo‘lga olingani haqida xabar berdi. Partiya narxi 250 million dollarga baholanmoqda.
Voz de America xabariga ko‘ra, giyohvand moddalar Santo-Domingo shahridagi Kausedo portida musodara qilingan.
Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy agentligi vakili Karlos Deversning tushuntirishicha, kokain Gvatemaladan banan konteynerida kelgan va Belgiyaga yuborilishi kerak bo‘lgan. Rasmiylar port xodimlaridan 10 kishining hibsga olinganini ma’lum qildi.
Dominikana Respublikasida ilgari topilgan eng katta kokainli yuk 2006 yilda 2,5 tonnani tashkil qilgan.
2024 yil yanvar oyidan beri Dominikana rasmiylari 46,7 tonna giyohvand moddalarni musodara qildi, 2023 yilda bu ko‘rsatkich 25 tonnaga teng edi.
2024 yil sentabr oyida AQSh prezidenti Jo Bayden memorandumda Dominikana Respublikasini qit’adagi eng yirik giyohvand moddalar savdosi va ishlab chiqaruvchi mamlakatlardan biri sifatida belgiladi.
Mavzuga oid
11:27 / 20.05.2025
Tojikistondan kontrabanda qilingan narkotik moddalar to‘xtatib qolindi
19:10 / 17.05.2025
Istanbul aeroportida tanasiga oltin yashirgan o‘zbekistonlik ayollar ushlandi
22:36 / 24.04.2025
Kokainni qonuniylashtirishga chaqirgan Kolumbiya prezidenti giyohvand moddalarga qaramlikda ayblandi
00:35 / 03.04.2025