Jahon | 19:17 / 08.12.2024
4755
2 daqiqa o‘qiladi

Germaniyada o‘tkazilgan kimoshdi savdolarida oppoq xolst 1,4 mln dollarga sotildi

Noodatiy eksperimentlari sababli mashhurlikka erishga rassmon Robert Rayman ushbu kartinani yaratishda metall uchun mo‘ljallangan emal bo‘yog‘idan foydalangan.

Foto: Ketterer Kunst

Berlindagi Ketterer Kunst kimoshdi savdolarida amerikalik taniqli rassom Robert Raymanning kartinasi sotildi. General 52” x 52” nomli kartina oq ramkaga tortilgan oppoq xolstdan iborat.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, zamonaviy san’at asari 1,4 million dollarga baholangan. Avvaliga kartina narxi 1,2 million dollar etib belgilangan, ammo uni yanada qimmatroq narxda sotib oladigan xaridor chiqqan. Auksion g‘olibining ismi oshkor etilmagan.

Kartina muallifi Robert Rayman General 52” x 52” asarini 1970 yilda yaratgan. Noodatiy eksperimentlari sababli mashhurlikka erishga rassmon kartinani yaratishda metall uchun mo‘ljallangan emal bo‘yog‘idan foydalangan. Bu turdagi bo‘yoq paxtali xolstlar uchun to‘g‘ri kelmaydi, chunki u qoplamani juda mo‘rt qiladi.

Vaqt o‘tishi bilan kartina shu qadar nozik bo‘lib qolganidan unga teginish yoki ko‘rgazmaga qo‘yish mumkin emas. Aks holda xolst yorilib yoki sochilib ketadi. «Material juda sezgir va nuqsonsiz yuzadagi arzimagan izlar ham uning qiymatini tushirib yuboradi. Mana, nima uchun biz uni buyurtmachiga yubormaymiz», — deydi Ketterer Kunst kimoshdi uyi vakili.

Avvalroq bozordagi kapitallashuvi 17,4 milliard dollar bo‘lgan eng yirik blokcheyn loyihalaridan biri Tron asoschisi Jastin Sun 6,2 million dollarga sotib olgan bananni yeb qo‘ygandi.

Фозилбек Юсупов
Tayyorlagan Фозилбек Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish