Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
TSAHAL Suriya bilan chegaradagi bufer zonaga kirganini e’lon qildi
Isroil bosh vaziri Netanyahu Jo‘lan tepaliklariga tashrifi chog‘ida TSAHALga Jo‘landagi pozitsiyalarni egallashga buyruq berganini aytdi. U Suriyada Asad rejimi qulagan kunni «tarixiy» deb atadi.
Suriyadagi vaziyat o‘zgarib borayotganini inobatga olgan holda TSAHAL qo‘shinlarini Suriya bilan chegaradagi bufer zonaga «va bir qator boshqa joylarga Jo‘lan tepaliklaridagi jamoalar va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash uchun» joylashtirdi. Bu haqda Isroil mudofaa kuchlari (TSAHAL) 8 dekabr, yakshanba kuni Telegramʼda e’lon qildi.
«TSAHAL Suriyadagi ichki voqealarga aralashmasligini ta’kidlaymiz, - deyiladi bayonotda. - TSAHAL bufer zonani saqlab qolish va Isroil va uning tinch aholisini himoya qilish uchun zarur bo‘lgan vaqtgacha o‘z faoliyatini davom ettiradi».
Netanyahuning Jo‘lan tepaliklariga tashrifi
Xuddi shu kuni, 8 dekabrda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu Suriyada Bashar Asad rejimining ag‘darilganini olqishlab, bu sodir bo‘lgan kunni Yaqin Sharqda «tarixiy kun» deb atadi. Suriya hukmdori Asadning qulashi «Eron yovuzlik o‘qi»ning markaziy bloklaridan biri vayron bo‘lishiga olib keldi, dedi Isroil bosh vaziri Jo‘lan tepaliklariga tashrifi chog‘ida.
Shu bilan birga, u Isroilning «Hizbulloh» harakati va «Asadning eng muhim tarafdorlari» bo‘lgan Eronga qarshilik ko‘rsatishi Bashar Asad rejimining ag‘darilishida ham muhim rol o‘ynagan, degan fikrni bildirdi. «Bu Yaqin Sharqda zanjirli reaksiyaga sabab bo‘ldi va zulm qilgan rejimdan ozod bo‘lishni istaganlarni kuchaytirdi», dedi Netanyahu.
Isroil bosh vazirining ta’kidlashicha, u TSAHALga Jo‘lan tepaliklaridagi bufer zonaga kirib borish va bu hududni, shuningdek, «qo‘shni strategik pozitsiyalarni» nazoratga olish buyrug‘ini bergan. «Suriya bilan bufer zona bo‘yicha 50 yillik kelishuv barbod bo‘ldi. Isroil hech qanday dushman kuchlarni chegaramizda o‘rnatishga yo‘l qo‘ymaydi», — deya Netanyahu so‘zlarini keltirgan AFP.
Mavzuga oid
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
16:19 / 24.05.2025
AQSh Moliya vazirligi Suriyaga qarshi sanksiyalar yumshatilganini e’lon qildi
15:40 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
23:00 / 20.05.2025