Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda sodir bo‘lgan YTHda 18 yoshli haydovchi vafot etdi
Ko‘kcha darvoza ko‘chasida BYD va Equinox to‘qnashdi. Hodisa oqibatida Equinox haydovchisi shifoxonada vafot etgan.
11 dekabr kuni Toshkent shahar Shayxontohur tumani Ko‘kcha darvoza ko‘chasi, Suzuk ota mahalla arkasi qarshisida soat 20:20 larda YTH sodir bo‘ldi.
Toshkent shahar IIBB YHXB xabar berishicha, 1988 yilda tug‘ilgan haydovchi R.K. boshqaruvidagi BYD va 2006 yilda tug‘ilgan A.X. boshqaruvidagi Equinox to‘qnashgan.
Hodisa oqibatida Equinox haydovchisi shifoxonada vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transportni ta’mirlash yoki uni foydalanishga chiqarish qoidalarini buzish odam o‘lishiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
01:49 / 27.05.2025
Namanganda daraxtga urilgan Nexia-3 yonib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
20:21 / 24.05.2025