Si Jinping Trampning inauguratsiya marosimida qatnashmaydi
Tadbirda Xitoyning AQShdagi elchisi va uning rafiqasi ishtirok etishi kutilmoqda, bu an’anaviy amaliyot.

Foto: AP
Xitoy rahbari Si Jinping yanvar oyida Vashingtonga AQSh saylangan prezidenti Donald Trampning inauguratsiyasiga mehmon sifatida kelmaydi, deb xabar berdi CBS News.
Tadbirda Xitoyning AQShdagi elchisi va uning rafiqasi ishtirok etishi kutilmoqda, bu an’anaviy amaliyot. Ularga Pekinning boshqa rasmiylari ham qo‘shilishi mumkin.
Avvalroq Tramp Si Jinpingni 2025 yil 20 yanvarga belgilangan inauguratsiya marosimiga taklif etgani xabar qilingandi.
Si va Tramp o‘rtasidagi munosabatlar sobiq AQSh prezidentining birinchi prezidentlik muddati davomida samimiy edi. Ammo ular savdo urushi va pandemiya paytida yomonlashdi: Tramp koronavirusni «Xitoy virusi» deb atagan edi. Tramp va Si oxirgi marta 2019 yil iyun oyida Yaponiyada bo‘lib o‘tgan sammit doirasida shaxsan uchrashgan.
Mavzuga oid

12:52
Tramp bojlar joriy etishi tufayli 500 mln dollar yo‘qotdi

10:48
10 aprelda Istanbulda Rossiya va AQSh vakillarining uchrashuvi bo‘lib o‘tadi

09:30
AQSh deportatsiyaga duchor bo‘lgan noqonuniy migrantlarga kunlik jarima joriy etmoqchi

09:05