Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gurjistondagi restorandan 12 kishining jasadi topildi
Gudauri tog‘-chang‘i kurortidagi hind restoranidan 12 kishining jasadi topildi. Dastlabki ekspertiza davomida vafot etgan shaxslarda zo‘ravonlik alomatlari aniqlanmagan.
Gurjistondagi Gudauri tog‘-chang‘i kurortidagi hind restoranidan 12 kishining jasadi topildi. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, topilgan jasadlar restoran xodimlariga tegishli bo‘lishi mumkin. Idora ma’lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lgan 12 kishining 11 nafari chet ellik, bir nafari esa Gurjiston fuqarosidir.
Holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Gurjiston IIV gap baxtsiz hodisa haqida ketayotgan bo‘lishi mumkinligini istisno etmayapti.
«Dastlabki ekspertiza davomida jasadlarda zo‘ravonlik alomatlari aniqlanmagan. Shuningdek, tergov ma’lumotlariga ko‘ra, yotoqxonalar yonidagi ichki yopiq xonaga generator o‘rnatilgan bo‘lgan, aftidan, u o‘tgan kuni obektga elektr energiyasini uzatish to‘xtatilganidan keyin yoqilgan», — deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
13:16 / 27.05.2025
Gurjiston Mustaqilligi kunida Tbilisida namoyishlar tinch o‘tdi
10:53 / 24.05.2025
Gurjistonda muxolifat yetakchilaridan biri Japaridze hibsga olindi
22:10 / 13.05.2025
Toshkentda ko‘p qavatli uy tomiga o‘zboshimchalik bilan restoran qurilgani aniqlandi
16:50 / 25.04.2025