Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Primorsk o‘lkasidagi korxonalarga O‘zbekistondan ishchilar jalb qilinadi
O‘zbekiston Bosh konsulxonasi diplomatlari Rossiyaning Primorsk o‘lkasidagi yirik qurilish korxonasi – Edelweiss MChJ direktorining o‘rinbosari Lyudmila Bezzubkina bilan muzokara o‘tkazdilar.
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston fuqarolarini ushbu korxonadagi bo‘sh ish o‘rinlariga qonuniy tartibda ishga jalb etish masalasi muhokama qilindi.
Rossiya tomoni O‘zbekiston prezidentining 2024 yil 17 oktyabrdagi "Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish jarayonlarini tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarorida belgilangan vazifalar bilan tanishtirildi.
Lyudmila Bezzubkinaning aytishicha, korxona tomonidan Primorsk o‘lkasida joylashgan 10 dan ortiq turar-joy va biznes markazlari qurilib foydalanishga topshirilgan. Shuningdek, ayni paytda qurilish ishlari davom etayotgan ikkita yirik turar joy majmualarida bir nechta mutaxassisliklar bo‘yicha ishchi kuchlariga ehtiyoj borligi ma’lum qilindi. "Biz O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan malakali ishchilarni qabul qilishga tayyormiz", dedi u.
Bo‘lib o‘tgan uchrashuv yakunida, mehnat migratsiyasi sohasidagi aloqalarni yo‘lga qo‘yish, mamlakat fuqarolarini qonuniy tartibda ishga yollash maqsadida O‘zbekiston Migratsiya agentligi bilan hamkorlik o‘rnatishga kelishib olindi.
Mavzuga oid
16:04 / 03.02.2025
O‘zbekiston fuqarolari Rossiyaning Primorsk o‘lkasiga ishga jalb qilinadi
12:18 / 01.02.2025
O‘zbekistonda Polshaga ishchilarni yollash bo‘yicha kompaniya ofisi ochildi
08:30 / 09.12.2024
Primorsk o‘lkasiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari jalb qilinadi
10:24 / 03.06.2024