Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyodagi eng yirik aysberg yana harakatlanishni boshladi
Dunyodagi eng yirik A23a aysbergi Skotiya dengizidagi tuzoqdan chiqib ketishga muvaffaq bo‘ldi.
Dunyodagi eng yirik A23a aysbergi Skotiya dengizidagi tuzoqdan chiqib, Janubiy okean tomon harakatlanishni boshladi, deb xabar beradi Daily Mail.
Olimlar A23a maydoni deyarli to‘rt ming kvadrat kilometrni tashkil etishini taxmin qilgan. Bu Nyu-Yorkning maydonidan uch baravar (taxminan 780 kvadrat kilometr), Moskva maydonidan esa 1,6 baravar (taxminan 2500 kvadrat kilometr) katta.
«A23a yana harakatni boshlaganini ko‘rish quvonchli. U Antarktidadan ajralgan boshqa yirik aysberglar yo‘nalishida ketish yoki ketmasligini kuzatish qiziq. Eng muhim jihati uning mahalliy ekotizimga qanday ta’sir ko‘rsatishida», — deydi okeanograf Endryu Meyyers.
A23a aysbergi Antarktida sohillaridan 1986 yilda ajralib chiqqan, biroq ko‘p o‘tmay Veddell dengiziga «tiqilib qolgan». O‘ttiz yil davomida u statik «muz oroli» sifatida turgan, joyidan qimirlamagan. 2020 yilga kelib u yana harakatlanishni boshlagan. Aprel boshlarida A23a Antarktidaning sirkumpolyar oqimiga kirib qolgandi — bu Yer yuzidagi barcha daryolarda oqadigan suvdan yuz barobar ko‘proq suvni aylantiradigan ulkan kuch hisoblanadi.
Avgustda esa u Antarktida shimolidagi joyida bir necha oydan beri aylanayotgani, aslida esa ulkan muz bo‘lagi eng kuchli okean oqimi orqali harakatlanishi kerakligi to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
20:10 / 23.03.2025
Olimlar Antarktidadan ajralib chiqqan aysberg ostida faol ekotizim mavjudligini aniqladi
10:12 / 18.03.2025
Ovloq va xavfli joy. Antarktidadagi bazada olimlar o‘z hamkasbidan qutqarishni so‘ramoqda
13:34 / 07.03.2025
Dengiz muzliklarining maydoni tarixiy minimumgacha qisqardi
23:00 / 25.01.2025