Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sharqshunoslik universitetida "Mo‘g‘ulshunoslik" kafedrasi ochiladi
Mo‘g‘ulistonning O‘zbekistondagi elchixonasida "O‘zbekistonda mo‘g‘ulshunoslikning bugungi holati" mavzusida uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirda Mo‘g‘uliston elchisi Daadanxuu Batbaatar va elchixona xodimlari, shuningdek, filologiya fanlari doktori, dotsent Anvar Bo‘ranov, o‘zbek tilshunosligi sohasidagi yetakchi olim, filologiya fanlari doktori Hamidulla Dadaboyev ishtirok etdi.
Uchrashuvda O‘zbekistonda mo‘g‘ulshunoslikning bugungi holati va mavjud muammolar haqida so‘z yuritilib, ishtirokchilar bilan bu boradagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Mo‘g‘ulcha-o‘zbekcha lug‘at yaratish, ikki davlat hududlarida qo‘shma etnografik va toponimik tadqiqotlar olib borish, tilshunoslik sohasida mutaxassislarni tayyorlash maqsadida Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida "Mo‘g‘ulshunoslik" kafedrasini ochish kabi bir qator muhim tashabbuslar xususida fikr almashildi.
Mo‘g‘uliston elchisi o‘zbek olimlarining mo‘g‘ulshunoslik sohasidagi tashabbuslari muhimligini qayd etgan holda, ularning ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasini e’tirof etdi. Mamlakatlar tarixiy manbalar va moddiy merosni o‘rganish, asrab-avaylash va ro‘yxatga olish masalalariga faol e’tibor qaratayotgan zamonaviy dunyoda xalqlar o‘zining mushtarak tarixiga oid ishonchli ma’lumotlarni kelajak avlodlarga yetkazishi muhim ahamiyat kasb etishi alohida ta’kidlandi. Bu jarayonda olimlar va tadqiqotchilarning o‘rni muhim ekanligi aytib o‘tildi.
Tadbir yakunida O‘zbekiston vakillari elchixonaga o‘z asarlarini taqdim etishdi. O‘z navbatida, mo‘g‘ul diplomati ishtirokchilarga ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik ramzi – "Altan gerege"ni sovg‘a qildi.
Mavzuga oid
17:48 / 13.05.2025
Mo‘g‘ulistonning Hunnu Air aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
17:44 / 27.02.2025
O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston o‘rtasida birinchi aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda
13:22 / 16.01.2025
O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston o‘rtasida transport qatnovi to‘g‘risidagi bitimlar tasdiqlandi
20:37 / 11.01.2025