Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston 2025 yilda ham Afg‘onistonga elektr energiyasini yetkazib beradi
Afg‘onistonning DABS davlat energetika kompaniyasi O‘zbekiston bilan elektr energiyasi importi bo‘yicha kelishuv muddatini 2025 yil oxirigacha uzaytirdi.
Afg‘onistonni boshqarayotgan «Tolibon» hukumati 2025 yilda elektr energiyasi yetkazib berish bo‘yicha O‘zbekiston, Turkmaniston va Tojikiston bilan shartnomalar imzoladi.
Afg‘onistonning Da Afghanistan Breshna Sherkat (DABS) davlat energetika kompaniyasi 17 dekabr kuni O‘zbekiston bilan elektr energiyasi importi bo‘yicha kelishuv muddatini 2025 yil oxirigacha uzaytirganini e’lon qildi. Bitim O‘zbekistonda DABS bosh direktori Abdulboriy Umar va «O‘zenergosotish» AJ boshqaruvi raisi Jahongir Obidjonov tomonidan imzolandi.
Ta’minotning hajmi va narxi, shuningdek, kelishuvning boshqa tafsilotlari oshkor etilmadi.
«Tolibon» noyabr oyi oxirida Tojikiston bilan va 7 dekabr kuni Turkmaniston bilan elektr energiyasi yetkazib berish bo‘yicha kelishib olgan edi.
Afg‘oniston Energetika va suv resurslari vazirligining statistik ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatning elektr energiyasiga bo‘lgan talabi 1500 MWt'ni tashkil qiladi. Shundan 720 MWt'ga yaqini import qilinsa, qolgani mamlakatda ishlab chiqariladi.
Mavzuga oid
18:43 / 24.05.2025
Fransiyada yirik blekaut yuz berdi
21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi
15:06 / 15.05.2025
O‘zbekiston Afg‘onistondan chorva mollarini import qilishi mumkin
17:22 / 14.05.2025