Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Eron bilan qishloq xo‘jaligida hamkorlikni kuchaytiradi
O‘zbekiston O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi direktori Ibrohim Ergashev boshchiligida mamlakat delegatsiyasi Tehronga tashrifi davomida Eron qishloq xo‘jaligi vaziri G‘ulomrezo Nuriy Qizilcha bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Vazir G‘ulomrezo Nuriy Qizilcha O‘zbekiston prezidentining xalqaro munosabatlarni rivojlantirish borasidagi tashabbusi ikki mamlakat o‘rtasidagi konstruktiv hamkorlik uchun muhim imkoniyatlar yaratgani alohida ta’kidladi.
Eron tomoni, shuningdek, O‘zbekiston uchun zarur bo‘lgan sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berishga va ushbu sohadagi erishilgan tajribalar hamda ishlab chiqarish texnikalari orqali ko‘mak ko‘rsatishga tayyorligini tasdiqladi.
Muloqot chog‘ida qishloq xo‘jaligi sohasida ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish, xususan kartoshka yetishtirish yo‘nalishida hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
20:03 / 23.05.2025
Rimda AQSh va Eron o‘rtasida yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar boshlandi
16:28 / 23.05.2025
Eron 2023 yilda Ozarboyjon elchixonasiga hujum qilgan erkakni qatl qildi
20:49 / 15.05.2025