Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeTTB O‘zbekistondagi loyihalari portfelini kengaytiradi
O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmonov Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB)ning Markaziy Osiyo va Mongoliya mintaqasi bo‘yicha boshqaruvchi direktori Xuseyn Ozxan bilan muzokara o‘tkazdi.
Muloqot davomida O‘zbekiston va YeTTB o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, bank tomonidan ilgari moliyalashtirilmagan yo‘nalishlarga mablag‘larni jalb qilish, respublikadagi tadbirkorlik sub’yektlari va ushbu moliyaviy institut o‘rtasida yaqin aloqalarni o‘rnatish masalalari ko‘rib chiqildi.
Muzokaralar yakunida O‘zbekistondagi xususiy sektorini rivojlantirishga qaratilgan loyihalarning ko‘lamini kengaytirish, yangilanadigan manbalar orqali respublikaning energetik barqarorligini ta’minlash, respublika miqyosida yuqori ahamiyatga ega bo‘lgan infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirilishini moliyalashtirish hamda davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshiriladigan ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan loyihalarni moliyalashtirish to‘g‘risida kelishib olindi.
O‘zbekiston 1992 yilda YeTTBga a’zo bo‘lgan. Bank 32 yil mobaynida O‘zbekistonda umumiy qiymati 5 milliard 153 million yevro teng bo‘lgan 170 loyihani moliyalashtirdi. Bugungi kunda amalga oshirilayotgan loyihalarning 52 foizi xususiy sektor hissasiga to‘g‘ri keladi.
Mavzuga oid
20:06 / 14.04.2025
Qonun loyihasiga ilova qilinadigan hujjatlar ro‘yxati kengaytirildi
15:34 / 10.04.2025
«O‘zbekiston investorlari kuni» yana 7 ta shaharda tashkil etiladi
14:00 / 09.04.2025
O‘zbekistonda uch yilda noyob metallar bo‘yicha 76 ta loyiha amalga oshiriladi
09:18 / 07.04.2025