Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangilangan Bojxona kodeksi loyihasi ishlab chiqiladi
IT, fintex, tadbirkorlikni moliyalashtirish, eksport, turizm, xizmatlar, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish kabi dolzarb masalalar bo‘yicha Jamoatchilik kengashida ekspertlik guruhlari tashkil qilinadi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha joriy yil yakunlari va 2025 yilga asosiy rejalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi hamda yetakchi tadbirkorlar bilan muloqot boshlandi.
Dunyodagi 10 ta eng boy kompaniyaning 7 tasi IT va fintex sohalaridan chiqqan. O‘zbekiston aholisining 56 foizi yoshlar. Prezident ta’kidlaganidek, shu raqamlarni o‘zi sohada katta salohiyat, ish o‘rni, yuqori daromad yotganini ko‘rsatadi.
IT, fintex, innovatsiyalar, telekommunikatsiya kabi sohalarni xususiy korxonalar tez rivojlantirishi, yaratilgan sharoit tufayli qiymati 1 milliard dollardan oshgan TBC Uzbekistan va Uzum xususiy kompaniyalari paydo bo‘lgani bunga yaqqol misol ekani ta’kidlandi.
Bunday kompaniyalar ko‘payishi uchun yanada keng sharoitlar yaratiladi.
Xususan, ularga rivojlanish va tadqiqot markazlari (R&D) uchun laboratoriya jihozlari, texnologik uskunalarni bojsiz olib kelishga ruxsat beriladi.
IT, fintex, tadbirkorlikni moliyalashtirish, eksport, turizm, xizmatlar, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish kabi dolzarb masalalar bo‘yicha Jamoatchilik kengashida ekspertlik guruhlarini tashkil qilish kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.
Oxirgi 3 yilda Bojxona kodeksining 100 dan ortiq moddasiga o‘zgartirish kiritildi. Lekin uning qoidalari ham Jahon savdo tashkiloti, ham tadbirkorlarning talabiga mos emas. Shu munosabat bilan har tomonlama yangilangan Bojxona kodeksi loyihasini ishlab chiqish zarurligi qayd etildi.
Mavzuga oid
13:03 / 20.05.2025
Tadbirkorlarga modulli mehmonxonalar qurish uchun subsidiya ajratiladi
16:17 / 03.05.2025
Toshkentda ruxsatsiz o‘rnatilgan reklama, banner va peshlavhalar olib tashlanmoqda
16:23 / 30.04.2025
Turagentlik faoliyati uchun litsenziya talabi bekor qilinadi
14:26 / 29.04.2025