Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyalik harbiylar ommaviy ravishda armiyadan ketishni boshladi
Buyuk Britaniyada harbiy xizmatchilarning maoshlari oshirilayotganiga qaramay armiyadan ketayotgan askarlar soni oshib bormoqda.
Britaniyalik harbiy xizmatchilar o‘z maoshi oshirilayotganiga qaramay armiyadan ommaviy ravishda ketishni boshladi, deb xabar bermoqda The Telegraph gazetasi.
Ta’kidlanishicha, yozda mamlakat hukumati qurolli kuchlardagi inqirozga qarshi kurashish doirasida harbiylarning maoshlarini oshirish bo‘yicha qaror qabul qilgan, ammo bu kutilgan natijalarga erishishga olib kelmagan.
«Askarlar xavotir uyg‘otadigan tezlikda qurolli kuchlarni tark etmoqda. Buyuk Britaniya tarixida ilk bor ming kishiga atigb ikki nafar harbiy xizmatchi to‘g‘ri kelmoqda», — deyiladi materialda.
Gazeta ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi yillarda 15 mingdan ortiq askar armiyadan ketgan — ularning 8 mingga yaqini o‘z xohishiga ko‘ra harbiy xizmatchilar safidan bo‘shatilgan.
«Askarlar hukumatning maoshni 6 foizga oshirish kabi tashabbuslariga qaramay, harbiy xizmatdan bo‘shamoqda. Britaniyada harbiylik kasbi davlat xizmatchilar orasi eng kam maosh to‘lanadigan soha bo‘lib qolmoqda», — deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, mamlakatda oddiy askarning maoshi 2011 yildan beri 1,9 foizga oshgan xolos. Ammo bu davrda endi ish boshlagan shifokorlarning maoshi 13,39 foizga, poyezd mashinistlarining maoshi esa 10,14 foizga ko‘tarilgan.
Mavzuga oid
23:08 / 27.05.2025
Okeandagi oldi-berdi: Britaniya Chagos orolini nega topshirdi?
11:50 / 26.05.2025
Britaniya bozorlariga O‘zbekistonda yetishtirilgan gilos yetkazib berildi
18:08 / 22.05.2025
Britaniya Rossiya maxsus xizmatlarini 10 mingga yaqin kamerani buzib kirganlikda aybladi
13:20 / 21.05.2025