Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiyaning eng yirik banki RFdan yevroda to‘lovlar qabul qilishni to‘xtatadi
Intesa Sanpaolo banki 2025 yil 15 yanvardan boshlab Rossiya mijozlari bilan moliyaviy operatsiyalarni cheklaydi, bu haqda bankning Rossiyadagi filiali - "Inteza" xabar berdi. Cheklovlar faqat bank ichidagi tijorat operatsiyalariga ta’sir qilmaydi.
Italiyaning eng yirik banki Intesa Sanpaolo 2025 yil 15 yanvardan boshlab Rossiya banklaridan yevroda to‘lovlarni qabul qilishni to‘xtatadi. «Vedomosti» gazetasining 23 dekabr, dushanba kuni xabar berishicha, bankning Rossiyadagi shu’ba korxonasi - "Inteza" o‘z mijozlari va hamkorlarini bu qaror haqida xabardor qildi va bu ma’lumot Intesa Sanpaolo'ning Milandagi bosh qarorgohida tasdiqlanganini ta’kidladi.
Xabarga ko‘ra, cheklovlar yevrodagi to‘lovlarga nisbatan qo‘llaniladi, Intesa Sanpaolo'ning o‘zida, shuningdek, uning Italiyada joylashgan shu’ba korxonalari va banklari o‘rtasidagi tijorat operatsiyalari bundan mustasno. Bo‘lajak o‘zgarishlar munosabati bilan Italiya banki ularni amalga oshirishdan bosh tortishning ehtimoliy oqibatlarini oldindan baholashni so‘radi.
«Vedomosti» suhbatdoshlarining fikricha, bunday cheklovlar, birinchi navbatda, xorijiy kontragentlar bilan yevroda hisob-kitob qilish uchun "Inteza"dan foydalangan xizmat ko‘rsatish va sanoat sohalaridagi rossiyalik korporativ mijozlarga ta’sir qiladi. Mutaxassislar o‘zgarishlarni Yevropa Markaziy bankining Rossiya Federatsiyasiga qarshi sanksiyalarga rioya qilish talablari bilan bog‘lashmoqda.
Meloni: RF migratsiyadan YeIga putur yetkazish uchun foydalanishi mumkin
Rossiya nafaqat harbiy sohada, balki Moskva Yevropa hamjamiyatining birligini buzish uchun noqonuniy migratsiya va boshqa mexanizmlardan foydalanishi mumkinligi sababli ham YeI xavfsizligiga katta tahdid solmoqda. Bu haqda 22 dekabr kuni Italiya bosh vaziri Jorja Meloni ma’lum qildi. Uning so‘zlaridan Reuters iqtibos keltirdi.
Finlandiya Shimoliy va O‘rta Yer dengizi mintaqalaridagi xavfsizlik va Janubiy Yevropadagi migratsiya masalalarini muhokama qilish uchun Italiya, Shvetsiya va Gretsiya rahbarlari hamda Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Kaya Kallasni shimoliy Laplandiyada qabul qildi.
«Biz tahdid tasavvur qilganimizdan ancha kengroq ekanligini tushunishimiz kerak», dedi Meloni matbuot anjumanida.
Uning fikricha, Ukrainadagi urush tugaganidan keyin Rossiyadan YeI xavfsizligiga tahdid yo‘qolmaydi va Bryussel bunga tayyor bo‘lishi kerak.
«Gap demokratiyamiz, jamoatchilik fikriga ta’siri haqida ketyapti, bu Afrikada sodir bo‘layotgan narsalar, xomashyo, migratsiya vositalari bilan bog‘liq, biz xavfsizlik tushunchasi juda keng ekanligini tushunishimiz kerak», dedi Italiya vazirlar mahkamasi rahbari.
Shvetsiya bosh vaziri Ulf Kristersson, o‘z navbatida, noqonuniy migratsiya Yevropaning shimoli va janubi uchun umumiy muammo ekanini aniqlashtirdi.
Mavzuga oid
14:59 / 27.05.2025
O‘zbekiston–Italiya: 33 yillik munosabatlarga nazar
10:02 / 26.05.2025
Jorja Meloni 28-29 may kunlari O‘zbekistonga keladi
15:50 / 19.05.2025
Italiya 400 ta foydalanishdan chiqarilgan zirhli transportyorini Ukrainaga beradi
19:56 / 13.05.2025