Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya floti zamonaviy atom suvosti kemasiga ega bo‘ldi
K-564 «Arxangelsk» atom suvosti kemasi «Oniks», «Kalibr» va «Tsirkon» raketalarini joylashtirish mumkin bo‘lgan 8 ta vertikal shaxtaga ega.
Foto: mil.ru
Yangi, ko‘pmaqsadli K-564 «Arxangelsk» atom suvosti kemasi Rossiya dengiz floti tarkibiga kirdi. Bu haqda TASS xabar berdi.
K-564 atom suvosti kemasi 885M «Yasen-M» loyihasining to‘rtinchi kemasi va Arxangelsk shahri nomidagi uchinchi atom suvosti kemasi bo‘ldi.
Suvosti kemasi qurilishi 2015 yil mart oyida boshlandi. U 2023 yil 29 noyabrda suvga tushirildi. Shu yilning 11 iyun kuni kema dengizdagi sinovlarni boshladi.
«Arxangelsk» - ko‘pmaqsadli, 4-avlod (eng zamonaviy) suvosti kemasi hisoblanadi. Uning uzunligi 130 m, ekipaj soni 64 kishini tashkil qiladi. U 533 mm kalibrli 10 ta torpedo apparatiga ega. Shuningdek, kemada «Oniks», «Kalibr» va «Tsirkon» raketalarini joylashtirish mumkin bo‘lgan 8 ta vertikal shaxta bor.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025