Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kuvayt Sirdaryoda innovatsion parrandachilik fermasini tashkil etadi
Mamlakat elchixonasi ko‘magida Sirdaryo viloyati hokimining investitsiya va tashqi savdo bo‘yicha o‘rinbosari Bobur Xo‘jamov, Boyovut tumani hokimining o‘rinbosari Bobur Abdumalikov va Kuvaytning AAH Commercial Company kompaniyasi rahbari Ali al-Harbiy o‘rtasida onlayn muzokaralar tashkil etildi.
Kuvayt vakili Sirdaryo viloyati, xususan Boyovut tumanining savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va eksport salohiyati bilan tanishtirildi.
Ali al-Harbiy Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida 10 gektar yer maydonda innovatsion parrandachilik fermasini tashkil etish loyihasiga 5 million AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.
Loyihaning asosiy maqsadi oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash doirasida halol tovuq mahsulotlarini O‘zbekistondan qo‘shni davlatlarga, Yaqin Sharq va Osiyo mamlakatlariga eksportni amalga oshirishdan iborat.
O‘zaro hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilab olish maqsadida AAH Commercial Company kompaniyasi vakillarining O‘zbekistonga safarini uyushtirishga kelishib olindi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
14:16 / 27.05.2025
Sirdaryoda muhandislik va agrotexnologiyalar instituti tashkil etiladi
22:52 / 20.05.2025
Sirdaryoda 14 yoshli o‘smir kanalga cho‘kib ketdi
10:12 / 20.05.2025