Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyadagi qamoqxonada mahbus besh kishini garovga oldi
Arl shahridagi Bush-dyu-Ron markaziy qamoqxonasida mahbus to‘rt nafar tibbiyot xodimi va bir nafar qamoqxona ishchisini garovga oldi. Bir necha soatdan keyin u taslim bo‘ldi, jabrlanganlar yo‘q.
Fransiyaning Arl shahridagi Bush-dyu-Ron markaziy qamoqxonasida mahbus bir necha kishini garovga oldi, deb xabar beradi Liberation.
Ma’lumotlarga ko‘ra, jami besh kishi garovga olingan: to‘rt nafar tibbiyot xodimi va bir nafar qamoqxona ishchisi. Keyinroq shifokorlardan biri qo‘yib yuborilgan va to‘rt kishi garovda qolgan.
Garovga olinganlar haqida Fransiya adliya vaziri Jyerald Darmanen ham ma’lum qildi. Ikki soat o‘tgach, u mahbus taslim bo‘lgani va hibsga olingani, jabrlanganlar yo‘qligi haqida X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasiga yozib qoldirdi. Ko‘ngilsiz voqeaning tafsilotlari hozircha ma’lum emas.
AFP ma’lumotlariga ko‘ra, mahbuslarning yonida o‘tkir tig‘li qo‘lbola jism bo‘lgan. Shuningdek, agentlikning ma’lum qilishicha, 37 yoshli mahbus ruhiy buzilishdan aziyat chekib keladi. RTL’ning yozishicha, u qurol qo‘llagan holda zo‘rlash jinoyatini sodir etgani uchun jazo muddatini o‘tayotgan bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, oktyabr oxirlarida Rossiyaning Baykalorti o‘lkasida joylashgan Nerchinsk shahridagi 1-sonli axloq tuzatish markazidan to‘rt nafar maxbus qochib ketgandi. Federal jazoni ijro etish xizmati boshqarmasining («UFSIN») ma’lum qilishicha, ularning ikki nafari Chita va Amur oblastidan topilgan.
Mavzuga oid
20:15 / 27.05.2025
Fransiyada kriptomillionerlarni o‘g‘irlash ishi bo‘yicha 20 dan ortiq shaxs hibsga olindi
14:00 / 27.05.2025
Parij Makronning xotinidan tarsaki yegani aks etgan kadrlarga izoh berdi
21:53 / 26.05.2025
Tramp Putinning yolg‘on gapirayotganini biladi – Makron
16:40 / 26.05.2025