Qozog‘istonda yuzlab avtomobillar ishtirokida yirik YTH sodir bo‘ldi
Ostona-Shuchinsk magistral yo‘lida ko‘plab avtomobillar to‘qnashdi.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Qozog‘istondagi Ostona-Shuchinsk magistral yo‘lining Ko‘g‘om va Qoratol qishloqlari orasidagi qismida yuzlab avtomobillar ishtirokida yirik yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.
Qayd qilinishicha, noqulay ob-havo sharoiti (sovuq va kuchli shamol) tufayli yo‘l ertalab soat 7:20 da yopilgan. Tushga yaqin yo‘lda qolib ketgan haydovchilarga yordam berish uchun politsiya va maxsus texnika yetib kelgan. Shundan so‘ng, mashinalar karvoni Shuchinsk tomon harakatlangan. Harakatlanish jarayonida mashinalardan biri tezlikni me’yoridan oshirgan, oqibatda, yuzlab avtomobillar to‘qnashgan.
Qayd qilinishicha, Temirtov yaqinidagi Qarag‘anda shossesida 800 ga yaqin avtomobil to‘planib qolgan.
Politsiya haydovchilarni noqulay ob-havo sharoitida shahar tashqarisiga chiqmaslikka chaqirmoqda.
Hozircha, qurbonlar yoki jabrlanganlar haqida ma’lumot berilmadi.
Mavzuga oid

11:29
Toshkentda yuk mashinasiga urilgan Isuzu yonib ketdi. Qurbonlar bor

16:51 / 09.04.2025
Muborakdagi YTHda ikki profilaktika inspektori halok bo‘ldi

18:24 / 08.04.2025
Andijonda yuk mashinasi yo‘l bo‘yidagi uyni buzib, ichkariga kirib ketdi

17:54 / 05.04.2025