Jahon | 09:36 / 03.01.2025
5920
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya dronlari Oliy rada ma’muriy binosiga zarar yetkazdi

Kiyev markazidagi Bankova ko‘chasiga Rossiya uchuvchisiz uchoqlarining qoldiqlari tushib, Radaning ma’muriy binosiga zarar yetkazdi. Biolog olimlar Igor Zima va Olesya Sokur halok bo‘ldi.

Foto: Oksana Johannesson/AP Photo/picture alliance

Rossiyaning uchuvchisiz uchoqlari Kiyev markazidagi Bankova ko‘chasida Ukraina Oliy radasining ma’muriy binosiga zarar yetkazdi. Bu haqda parlament raisi Ruslan Stefanchuk 2 yanvar, payshanba kuni Facebookʼda ma’lum qildi.

Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, gap 1 yanvar kuni ertalab Kiyevga Rossiya uchuvchisiz uchoqlarining hujumi haqida ketmoqda. Avvalroq, dron qoldiqlari Bankovayadagi hukumat kvartaliga, Ukraina prezidenti devoniga va Milliy bank yaqinidagi turar joy binolariga qulagani xabar qilingandi. Stefanchuk bugun xabar qilganidek, mashhur biologlar Igor Zima va uning rafiqasi Olesya Sokur vafot etgan.

«Portlash to‘lqini atrofdagi binolarga, jumladan, Ukraina Oliy radasi apparati qo‘mitalari va bo‘linmalari joylashgan Ukraina parlamentining ma’muriy binolariga zarar yetkazdi», — deb yozadi siyosatchi.

U e’lon qilgan kadrlarga qaraganda, Radaning Bankova ko‘chasi 6-8-uydagi ma’muriy binosining oynalari singan. U Ukraina prezidenti devonidan 100 metr uzoqlikda joylashgan.

Rossiya uchuvchisiz uchoqlari 1 yanvar kuni Kiyevga hujum qildi

Rossiyaning uchuvchisiz uchoqlari 1 yanvar kuni ertalab Ukraina poytaxti Kiyevga hujum qildi.

Shaharning Pecherskiy rayonida turar joy bo‘lmagan binoga, shuningdek, ko‘p qavatli turar joy binosiga zarar yetdi, bir necha qavatlar qisman vayron bo‘ldi. Turar joy binosi hukumat qarorgohi yonida va prezident devonidan, shuningdek, me’moriy yodgorliklar reyestriga kiritilgan uy va Ukraina Milliy banki binosidan uzoq bo‘lmagan yerda joylashgan.

"Rossiyaliklar Kiyev markazidagi oddiy uylarga zarba berishdi. Kiyev markazidagi uylar kamida to‘rtta "Shahed"lar bilan hujumga uchragan", deb yozdi prezident devoni rahbari Andrey Yermak Telegram-kanalida.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid