Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Axios: Apple rahbari Tramp inauguratsiyasiga 1 mln dollar xayriya qiladi
Apple bosh direktori Tim Kuk Facebook, Meta va OpenAI kompaniyalari rahbarlari kabi AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp inauguratsiyasi jamg‘armasiga 1 mln dollar xayriya qiladi.
Apple bosh direktori Tim Kuk AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp inauguratsiya jamg‘armasiga shaxsan 1 million dollar xayriya qiladi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib Axios xabar berdi.
«Alabama shtatining mag‘rur fuqarosi hisoblanuvchi Kuk inauguratsiyani Amerikaning buyuk an’anasi deb biladi va unga birdamlik ruhi sifatida xayriya qiladi», — deydi nashr suhbatdoshi. Axios’ning qayd etishicha, Apple korporatsiyasi nomidan xayriya amalga oshirishi kutilmayapti.
Facebook, Instagram va WhatsApp ijtimoiy tarmoqlariga egalik qiluvchi Meta hamda Amazon kompaniyalari, shuningdek, OpenAI rahbari Sem Altman ham Trampning inauguratsiya jamg‘armasiga o‘z xayriyalarini amalga oshirishlarini ma’lum qilgandi.
The Wall Street Journal’ning yozishicha, Apple bosh direktori Tim Kuk Donald Tramp bilan shaxsiy munosabat o‘rnatish uchun yillar davomida harakat qilgan. Axios ma’lumotlariga ko‘ra, Kuk Trampning birinchi prezidentlik muddati davomida u bilan ko‘p marotaba uchrashgan, shuningdek, 2024 yil dekabr oyida siyosatchining Mar-a-Lagodagi qarorgohida o‘tkazilgan kechki ovqatda ham ishtirok etgan.
Mavzuga oid
12:35 / 28.05.2025
Tramp: Kanada "Oltin gumbaz" himoyasini 61 mlrd dollarga oladi
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025