Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda maishiy savdo do‘konida yong‘in chiqdi
Shahrixon tumanidagi maishiy savdo do‘konida chiqqan yong‘in o‘chirildi. FVB yong‘in sodir bo‘lish omillari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Shahrixon tumanida sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 5 yanvar kuni soat 22:57da Shahrixon tumani Amir Temur ko‘chasida joylashgan maishiy savdo do‘konida yong‘in sodir bo‘layotgani haqida FVBga xabar kelib tushgan. Unga ko‘ra, soat 23:00 da aytilgan manzilga yong‘in-qutqaruv ekipajlari yetib borgan va soat 23:45 da yong‘in to‘liq o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida savdo do‘konining 300 metr kvadrat maydonda shift, tom qismi va maishiy jihozlar yonib zararlangan.
«Yong‘in natijasida fuqarolar tan jarohati olmagan. Yong‘in sodir bo‘lish omillari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda», — deyiladi xabarda.
Avvalroq Karmana tumanida joylashgan Navoiy IESning 12-transformatorida yong‘in yuzaga kelgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
22:14 / 27.05.2025
«Nasaf» «Andijon»ni mag‘lub etib, O‘zbekiston Superkubogi egasi bo‘ldi
23:01 / 26.05.2025
Andijonda daraxt Cobalt ustiga qulab tushdi
19:26 / 26.05.2025
Andijonda tanishlari orqali 100 ming dollar kredit olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
20:09 / 25.05.2025