Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Damashq aeroporti xalqaro reyslarni tikladi
Asad rejimi ag‘darilganidan keyin birinchi xalqaro reys aeroportdan jo‘nab ketdi.
Suriya poytaxti Damashqdagi aeroport, Baas partiyasi rejimi ag‘darilganidan keyin birinchi marta xalqaro qatnovlarni tikladi, deb xabar berdi Anadolu.
7 yanvar kuni ertalab Syrian Air samolyoti Birlashgan Arab Amirliklarining Sharja shahriga uchdi.
Damashq aeroporti direktori Enis Falluh so‘zlariga ko‘ra, Qatar Airways ham bugun Doha-Damashq reysini amalga oshiradi. Uning ta’kidlashicha, hozir aeroportda 140-150 nafar yo‘lovchi bor. Uning qo‘shimcha qilishicha, ko‘plab aviakompaniyalar Damashq aeroportidan foydalanish bo‘yicha yangi shartnomalar tuzish istagini bildirgan.
Damashq xalqaro aeroporti 18 dekabr kuni ichki parvozlarni qayta tiklagan edi. Shunda Damashq – Halab yo‘nalishi bo‘yicha parvoz amalga oshirildi. Bu Bashar Asad rejimi ag‘darilgan 8 dekabrdan beri birinchi reys bo‘ldi.
Mavzuga oid
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
16:19 / 24.05.2025
AQSh Moliya vazirligi Suriyaga qarshi sanksiyalar yumshatilganini e’lon qildi
15:40 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
23:00 / 20.05.2025