Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polsha Netanyahuni XJC orderi bo‘yicha hibsga olmaslikka va’da berdi
Varshava Isroil bosh vaziri Polshaga Osvensim ozod qilinganining yubileyi munosabati bilan keladi, deb umid qilmoqda. Polsha hukumati Xalqaro jinoiy sud qaroriga qaramay, uni hibsga olmaslikka va’da bergan.
Polsha bosh vaziri Donald Tusk Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu, Xalqaro jinoiy sud (XJS) buyrug‘iga zid ravishda, agar u fashistlarning Osvensim konslageri ozod qilinganining yubileyi munosabati bilan mamlakatga kelsa, hibsga olinmasligiga va’da berdi. Bu haqda 9 yanvar, payshanba kuni PAP agentligi xabar qildi.
Tuskning aytishicha, u Polsha adliya va tashqi ishlar vazirlaridan qarorni qonuniy qo‘llab-quvvatlashni ta’minlashni so‘ragan. «Bir tomondan, bizda Xalqaro sudning buyrug‘i bor, ikkinchi tomondan, menga boshidanoq Isroil bosh vaziri, Isroil prezidenti yoki Isroil davlatining boshqa vakili yubiley tantanalarida to‘liq huquq va xavfsizlik hissiga ega bo‘lishi kerakligi aniq edi», dedi u.
«Isroilning siyosiy yetakchilari Osvensimning ozod etilishini xotirlash marosimida xavfsiz ishtirok eta olmasligini tasavvur qila olmayman, bu mutlaqo qabul qilinishi mumkin emas», — dedi Tusk.
Isroilda favqulodda holat yana bir yilga uzaytirildi
Isroil parlamenti (Knesset) mamlakatdagi favqulodda holat (FH)ni yana bir yilga — 2025 yilning 25 dekabriga qadar uzaytirish to‘g‘risida qaror qabul qildi, deb xabar berdi 24 dekabr kuni Isroil OAV. Bu taklifni 120 deputatdan 29 nafari qo‘llab-quvvatladi, yana yetti nafari qarshi ovoz berdi, qolganlari qatnashmadi yoki betaraf qoldi.
Shunday qilib, Knesset o‘zining Tashqi siyosat va xavfsizlik siyosati hamda Adliya qo‘mitasi tavsiyalariga amal qildi. Favqulodda holat mamlakat hukumatiga favqulodda farmonlar, xususan, milliy qonunchilikdan ustun bo‘lgan qoidalarni chiqarish imkonini beradi.
Knesset Isroildagi favqulodda holat muddatini oxirgi marta shu yilning may oyida uzaytirgan edi, biroq o‘shanda uning muddati olti oy bo‘lgan.
Mavzuga oid
11:44 / 19.05.2025
Polshada prezidentlik saylovlarining ikkinchi turi bo‘lib o‘tadi
21:54 / 15.05.2025
Polsha 10 mingta Warmate kamikadze dronlarini sotib oladi
09:51 / 15.05.2025
Mers: Netanyahu XJS orderiga qaramay, Germaniyaga tashrif buyurishi mumkin
22:07 / 13.05.2025