Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif O‘zbekistonga keladi
Pokiston ommaviy axborot vositalari tarqatgan xabarga ko‘ra, fevral oyiga rejalashtirilgan tashrif chog‘ida Shahboz Sharif O‘zbekistonga tranzit savdosi uchun Karachi portidan foydalanishni taklif qilishi kutilmoqda.
Joriy yil fevral oyining uchinchi haftasida Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif Ozarbayjon va O‘zbekistonga tashrif buyurishi kutilmoqda. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib The News International nashri xabar berdi.
«Pokiston o‘zining «Vision Central Asia» siyosatiga muvofiq Markaziy Osiyo davlatlari hamda Kavkazning muhim davlatlari bilan aloqalarni kuchaytirmoqda», — deyiladi xabarda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Shahboz Sharif ikki kunlik tashrifi davomida O‘zbekistonga tranzit savdosi uchun Karachi portidan foydalanishni taklif qiladi, shuningdek, muhim savdo shartnomalarini imzolaydi. Unga mamlakat tashqi ishlar vaziri Muhammad Ishoq Dar, bir qancha vazirlar hamda biznes doira vakillari hamrohlik qiladi.
Shahboz Sharifning Bokuga tashrifi esa Ilhom Aliyevning taklifiga muvofiq amalga oshirilmoqda. Tashrif davomida bir qancha iqtisodiy kelishuvlar imzolanadi.
Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif bunga qadar 2022 yil sentabr oyida O‘zbekistonga tashrif buyurgan edi. U 2022 yil 15-16-sentabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida qatnashgan.
Mavzuga oid
21:17 / 24.05.2025
“Mudofaamizga yana tahdid yuzaga kelsa, jim o‘tirmaymiz” – Pokiston elchisi bilan suhbat
00:15 / 20.05.2025
Hindistonda Pokiston foydasiga josuslik qilishda gumonlangan 9 kishi ushlandi
22:12 / 15.05.2025
Pokiston va Hindiston sulhni 18 mayga qadar uzaytirdi
17:40 / 13.05.2025