Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Los-Anjyelesdagi yong‘in kelib chiqishining texnogen sababi o‘rganiladi
Halokatli «Hyorst» yong‘iniga elektr uzatish liniyasi simining uzilishi sabab bo‘lgani tekshiriladi.
Southern California Edison kompaniyasining ma’lum qilishicha, yong‘in xavfsizligi xodimlari uning uskunalarini San-Fernando yaqinidagi «Hyorst» yong‘iniga aloqador bo‘lishi mumkinligini tekshirmoqda. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
Kompaniya taqdim etgan hujjatlarda Eagle Rock Sylmar elektr uzatish liniyasiga ulangan minorada simning uzilishi qayd etilgan. Hozircha uzilish yong‘indan oldin yoki keyin sodir bo‘lgani noma’lum.
«Hyorst» yong‘ini 7 yanvar kuni kechqurun boshlandi va 312 gektar maydonni qamrab oldi. Kaliforniya o‘rmon xo‘jaligi va yong‘indan himoya qilish departamentiga ko‘ra, uning 70 foizi nazoratga olindi. Edison kompaniyasi uskunalari halokatli yong‘inga aloqador bo‘lishi mumkinligi haqidagi xabardan keyin investorlarning xavotirlari fonida kompaniya aksiyalari narxi tushib ketdi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in qurbonlari soni 16 kishiga yetdi, yana 13 kishi bedarak yo‘qolgan. 12 yanvar kuni o‘zgaruvchan shamollar yong‘inni Brentvud va San-Fernando vodiysi tog‘ etaklari sharqidagi ilgari zarar ko‘rmagan hududlarga olib bordi.
Avvalroq Los-Anjyeles politsiyasi shahar chekkasida sodir bo‘lgan yong‘in bo‘yicha gumonlanuvchini qo‘lga olgan edi. U mahalliy aholi tomonidan ushlanib, keyin politsiyaga topshirilgan. U 30 yoshli uysiz erkak bo‘lib chiqdi. U o‘rmonga o‘t qo‘ygani taxmin qilinmoqda.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
15:12 / 26.05.2026
Narkojinoyatda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025