Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda korrupsioner amaldorlarning oshkora ro‘yxati tuziladi
Tashabbusning maqsadi jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasizlikni shakllantirishdan iborat ekani ta’kidlanmoqda.
Qozog‘istonda korrupsionerlarning davlat reyestri yaratiladi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi raisining birinchi o‘rinbosari Ulan Sarqulov ma’lum qildi, deb yozdi Tengrinews.
«Bu profilaktika vositasi. Uning asosiy maqsadi - jamoatchilikning qoralashi orqali jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasizlikni shakllantirishdan iborat. Reyestrga og‘ir va o‘ta og‘ir korrupsiya jinoyatlarini sodir etganlikda aybdor deb topilgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritiladi. Jismoniy shaxslarni reyestrga kiritish uchun sudning qonuniy kuchga kirgan ayblov hukmi asos bo‘ladi», dedi Sarqulov.
Reyestr Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining veb-saytiga joylashtiriladi. Unda korrupsiyaga uchragan mansabdor shaxsning familiyasi va ismi, uning ish joyi va jinoyat sodir etilgan paytdagi lavozimi, jinoyat tarkibi, ayblov hukmi tafsilotlari va tayinlangan jazo ko‘rsatiladi.
Reyestrdan chiqarish qonuniy kuchga kirgan va sudlanganlik olib tashlangan oqlov hukmi asosida amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
17:29 / 23.05.2025
Xorazmda metallolomga topshirilgan snaryad portlab ketdi. Bir kishi halok bo‘ldi
20:04 / 22.05.2025
Xorazmda soliq inspektoriga, Qashqadaryoda esa sud ekspertiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
13:37 / 18.05.2025
Ichki ishlarning ikki xodimi katta miqdorda pora bilan ushlandi
10:20 / 15.05.2025