Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Britaniyaning taniqli ijod uyi bilan hamkorlik qiladi
O‘zbekiston elchixonasida Londonda joylashgan Renée Pfister Art & Gallery Consultancy san’at va galereyalar bo‘yicha maslahatlar taqdim etuvchi ijod uyi ta’sischisi va direktori Rene Pfister bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Art & Gallery Consultancy tashkiloti yirik madaniy tadbirlar, ko‘rgazmalar hamda san’at haftaligi doirasida o‘tkaziladigan dasturlarni ishlab chiqish bo‘yicha o‘z xizmatlarini taqdim etadi.
Rene Pfister muzeylar va san’at olamida o‘ttiz yildan ortiq tajribaga ega bo‘lgan taniqli badiiy rahbar, kurator, registrator va biznes maslahatchi hisoblanadi. Tashkilot Londonda ta’sis etilgan. Uning professional faoliyati 1992 yilda Britaniya muzeyida kurator yordamchisi sifatida boshlangan. U hozirda London siti universitetida The Business of the Visual Ars and Curating & Exhibition Management o‘quv kurslarini o‘tkazib kelmoqda.
Uchrashuv davomida Rene Pfister tomonidan O‘zbekistonda san’at va madaniyat sohasida amalga oshirilayotgan keng-ko‘lamli islohotlar yuqori e’tirof etilib, kelgusida tashkilotning respublikadagi idora va korxonalar bilan hamkorliklarni yo‘lga qo‘yish hamda kengaytirishga o‘z hissasini qo‘shishga tayyorligi bildirildi.
Muloqot davomida kelgusida nufuzli yo‘nalishlarda qo‘shma tadbirlar va ko‘rgazmalarni o‘tkazish hamda san’at sohalarida hamkorlikning istiqbollari muhokama qilindi.
Suhbat yakunida Rene Pfister tomonidan Renée Pfister Art & Gallery Consultancy bilan O‘zbekistonning manfaatdor idora va tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish masalalarida amaliy ko‘mak ko‘rsatishga kelishib olindi.
Mavzuga oid
18:29 / 27.05.2025
Argentina Britaniyani Folklend orollari bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklashga chaqirdi
09:22 / 23.05.2025
Britaniyalik 500 dan ortiq o‘qituvchi O‘zbekistondagi maktablarga jalb qilinadi
10:39 / 20.05.2025
Britaniya, Fransiya va Kanada Isroilga «aniq choralar» bilan tahdid qildi
13:15 / 13.05.2025