Texasda kalamushlar politsiya omboridagi giyohvand moddalarni yeb qo‘ydi
Omborda jinoyatchilardan musodara qilingan 180 ming tonna marixuana saqlanardi. Kemiruvchilar ularning bir qismini yeb bitirishgan.

Foto: Youtube / ABC13 Houston
Texasning Hyuston shahridagi politsiya ashyoviy dalillari saqlanadigan omborxonada kalamushlar ko‘payib, giyohvand moddalarning bir qismini yeb qo‘ydi. Bu haqda Chron nashri xabar bermoqda.
Omborxonada taxminan 1,2 million ashyoviy dalil saqlanmoqda, shundan 180 ming tonnasi marixuana. Politsiya xodimlarining aytishicha, omborda 1980-1990 yillarda jinoyatchilardan musodara qilingan kokain va boshqa moddalar bor. Jinoyatchilar allaqachon jazoni o‘tab chiqishgan, ammo giyohvand moddalar hali ham maxsus xonada turibdi. Xona yaxshi nazorat qilinmaydi. Hyustonda 2005 yilgacha to‘plangan dalillarni yo‘q qilish taqiqlangan.
Politsiyachilar marixuana saqlanadigan bo‘limda kemiruvchilar ko‘payib ketganini sezmay qolgan. Kalamushlar uzoq vaqt davomida narkotik vositalar bilan oziqlanib kelgan. Xodimlar zararkunandalardan qutulish uchun malakali dezinfeksiya mutaxassislarini yolladi, biroq bu ishni amalga oshirish oson bo‘lmasligini ta’kidlashmoqda.
“Kemiruvchilar, qo‘ng‘izlar, zamburug‘lar — barcha turdagi jonzotlar giyohvand moddalarga moyil. Ko‘p miqdordagi moddalarni saqlash oson ish emas”, — deb ta’kidladi Hyuston sud ekspertizasi markazi prezidenti va ijrochi direktori Piter Staut.
Mavzuga oid

21:37 / 08.05.2025
Britaniya birinchi bo‘lib AQSh bilan «savdo bitimi» tuzdi

21:34 / 08.05.2025
Moskva va Vashington Rossiya gazini Yevropaga yetkazib berishni tiklash variantini muhokama qilmoqda

19:54 / 08.05.2025
AQShda salkam 50 yil oldin sodir etilgan qotillik tamaki qutisidagi barmoq izlari orqali fosh qilindi

18:00 / 08.05.2025