Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ummon va O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bo‘yicha korxona ta’sis etadi
O‘zbekiston elchisi Abdusalom Hotamov Ummonda o‘simlik moylari va ularning hosilalari, margarinlar, maxsus yog‘lar, oshpazlik moylari, sariyog‘, ketchup va mayonez ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yirik kompaniya Areej Vegetable Oil & Derivatives SAOC ijrochi direktori Salem Nasser al-Bortmani bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan qo‘shma shirkat ta’sis etish va bu sohada mavjud shirkatlarga sarmoya kiritish bo‘ldi.
Muloqot chog‘ida Areej Vegetable Oil & Derivatives SAOC tomonidan Samarqand viloyatiga sarmoya kiritgan holda ketchup ishlab chiqarishga qaratilgan korxona ta’sis etish hamda tomat pastalarining Ummonga importini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Ummonlik hamkor bilan yaqin kunlarda birlamchi ravishda o‘zbekistonlik tadbirkorlar ishtirokida onlayn uchrashuv o‘tkazish va keyinchalik kompaniya vakillarining O‘zbekistonga tashrifini uyushtirishga kelishib olindi.
Mavzuga oid
17:00 / 27.05.2025
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
10:43 / 26.05.2025
“Koreyada olgan tajribani qishlog‘imda qo‘llamoqchiman” – bo‘sh yerlarni o‘zlashtirayotgan shahrixonlik yigit
10:12 / 20.05.2025
O‘zbekistonda yana uch davlat fuqarolari uchun vizasiz rejim belgilandi
21:05 / 19.05.2025