Iqtisodiyot | 10:41 / 21.01.2025
1650
1 daqiqa o‘qiladi

Eron O‘zbekistonda dori vositalari ishlab chiqarishni tashkil etadi

O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida Eronning yetakchi kompaniyalaridan biri - Golrang Pharmaceutical Investment Co kompaniyasi bosh direktori Qosim Ali Oshofte boshchiligidagi delegatsiyaning mamlakatga tashrifi tashkil etildi.

Foto: "Dunyo" AA

Tashrif doirasida Qosim Ali Oshofte Toshkent viloyatining Bekobod shahri hokimi Nasrulla Boboyev bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida Bekobod shahrida farmatsevtika faoliyatini rivojlantirish orqali dori vositalari ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha investitsiya loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama etildi.

Muloqot chog‘ida Eron tomoni bilan aniq loyihalar atroflicha muhokama qilinib, ularni hayotga tatbiq etishning amaliy jihatlari va shartlari ustidan ish olib borish maqsadida hamkorlikka erishildi va keyingi qadamlar belgilandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid