Hindistonda o‘smir telefondagi o‘yin sabab poyezd ostida qoldi
O‘smir onlayn o‘yinga mukkasidan ketgan. Unda har xil xavfli topshiriqlar beriladi.

Illyustrativ foto
Hindistonda 11-sinf o‘quvchisi onlayn o‘yindagi topshiriqni bajaraman deb poyezd ostiga tushib ketdi. Bu haqda News9Live xabar bermoqda.
Bhopal shahrida yashagan Mrityunjay Sharma ko‘p vaqtini telefondagi mashhur o‘yinga sarflardi. Bu o‘yin shartlariga ko‘ra, real hayotda turli vazifalarni bajarish kerak bo‘ladi. Kunlarning birida o‘smirning jasadi uyi yaqinidagi temiryo‘l izlaridan topilgan. Marhumning yaqinlari, u o‘sha o‘yindagi topshiriqni bajarish uchun temiryo‘lga borgan bo‘lishi mumkinligini aytmoqda.
Fojia yuz bergan kuni o‘smirning oilasi diniy tadbirda bo‘lgan, shu sababli uning niyatini hech kim bilmagan. Politsiya hodisa bo‘yicha tergov ishlarini boshladi.
Hindistonda ushbu o‘yin sabab birinchi marta fojia yuz berayotgani yo‘q. 2024 yilda 17 yoshli yigit uchinchi qavatdan sakrab, halok bo‘lgandi. Hodisadan bir kun oldin u onasidan shunday balandlikdan yiqilsa, nima bo‘lishi haqida so‘ragan. O‘smirning oila a’zolari ham o‘g‘li o‘yinda xavfli topshiriq olib, shunday qilganiga ishonadi.
Mavzuga oid

20:40 / 27.05.2025
Hindiston xususiy firmalarga zamonaviy qiruvchi samolyotlarini yig‘ishga ruxsat berdi

11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi

21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi

21:32 / 21.05.2025