Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyaning Konya viloyatida to‘rt qavatli uy qulab tushdi - video
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Turkiyaning Konya shahrida to‘rt qavatli turar joy binosi qulab tushdi, deb xabar beradi Yeni Şafak gazetasi.
Qayd etilishicha, voqea Selchuklu tumani markazida 24 yanvar kuni kechqurun sodir bo‘lgan. Hozirda hodisa joyida favqulodda xizmatlar xodimlari vayronalar ostidagi insonlarni chiqarish bo‘yicha ish olib bormoqda. Ayni vaqtda halok bo‘lganlar to‘g‘risida ma’lumot yo‘q, ammo kamida besh kishi qulagan uy ostida qolgani, ulardan ikki nafari qutqarilgani aytilmoqda. Binoning qulashiga nima sabab bo‘lgani hozircha aniqlanmagan.
Konya meri Ugur Ibrohim Altay o‘zining X’dagi sahifasiga rasmiylar vaziyatdan xabardor ekani haqida yozdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bino eski bo‘lgan. Hodisa joyiga qutqaruvchilar yo‘naltirilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolardan ko‘rish mumkinki, qulash vaqtida ikkinchi qavatdagi bir nechta xonadonning chiroqlari yoniq bo‘lgan. Guvohlar avvaliga qarsillash ovozini eshitgan, so‘ng bino qog‘oz uy kabi qulab tushgan.
Eslatib o‘tamiz, 2019 yil iyunda Istanbulda ham to‘rt qavatli turar joy binosi qulab tushgandi.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025