Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
ChatGPT asoschisi xitoylik raqobatchisi DeepSeek’ni o‘g‘rilikda aybladi
ChatGPT asoschisi OpenAI kompaniyasi xitoyliklarni o‘z ishlanmalaridan ruxsatsiz foydalanganlikda aybladi.
Dunyoga mashhur ChatGPT til modelini yaratuvchi OpenAI dasturchi kompaniyasi vakillari yangi raqobatchisi - Xitoyning DeepSeek sun’iy intellekt kompaniyasini o‘g‘irlikda aybladi. Bu haqda Financial Times (FT) xabar berdi.
Texnik mutaxassislarga ko‘ra, gap modellarni tayyorlash uchun zarur vosita bo‘lgan «distillash» deb ataladigan vosita haqida ketmoqda. Oddiy qilib aytganda, ilgari noma’lum va SI sohasida ishlaydigan kichik kompaniyalar kattaroq va kuchliroq neyron tarmoqlarning hosil bo‘lgan bloklaridan olingan o‘zga ishlanmalardan foydalanadi. Shu sababli DeepSeek kabi modellar ChatGPT natijalariga erishish uchun kamroq resurslarni talab qiladi.
Qizig‘i shundaki, «distillash» sun’iy intellekt sohasida g‘ayrioddiy yoki innovatsion narsa emas, lekin OpenAI yuridik jamoasi bunday harakatni raqobatdosh ma’lumotlar modellarini yaratishda foydalanishni taqiqlagan. FT nashrining OpenAI kompaniyasidagi manbasining ta’kidlashicha, hammani hayratda qoldirgan DeepSeek chatbotining yaratuvchilari bu taqiqni chetlab o‘tishga qaror qilgan.
Avvalroq, Xitoyning DeepSeek startapi yangi sun’iy intellekt modelini taqdim etishi global moliya bozorini larzaga solgan, oqibatda Nvidia, OpenAI, Microsoft va Google kabi yirik texnologik kompaniyalar aksiyalari narxi keskin tushib ketgan edi.
2025 yil 20 yanvarda DeepSeek o‘zining DeepSeek-R1 va DeepSeek-R1-Zero kabi innovatsion modellarini taqdim etdi. Ushbu modellar 671 milliard parametrga ega bo‘lib, yuqori samaradorlik ko‘rsatgan. Model boshqa yirik modellar bilan solishtirganda 11 barobar kamroq hisoblash quvvatini talab qiladi. Tahlilchilarga ko‘ra, DeepSeek R1 barcha asosiy mezonlarda OpenAI'ning ChatGPT o1 modelini ortda qoldirgan. Bundan tashqari, u mutlaqo bepul va API bilan ishlash bir necha baravar arzon.
Mavzuga oid
23:35 / 27.05.2025
Yangi sun’iy intellekt modeli yolg‘on gapirish va odamlarni shantaj qilishni o‘rganib oldi
19:21 / 27.05.2025
Ma’lumotlar xavfsizligi, mualliflik huquqi va qonun loyihasi – O‘zbekistonda sun’iy intellekt
17:40 / 24.05.2025
Sun’iy intellekt tobora kuchayib bormoqda, lekin ko‘proq xatoga yo‘l qo‘ymoqda – OAV
21:49 / 21.05.2025