Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘ona viloyatida uchta yangi universitet tashkil etiladi
“Farg‘ona viloyatidagi oliy ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Quyidagi universitetlar qayta tashkil etiladi:
▪️Farg‘ona politexnika instituti va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali negizida Farg‘ona davlat texnika universiteti;
▪️Qo‘qon davlat pedagogika instituti, Toshkent davlat texnika universiteti Qo‘qon filiali hamda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Farg‘ona mintaqaviy filiali negizida Qo‘qon davlat universiteti;
▪️O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Farg‘ona filialini qo‘shib yuborish yo‘li bilan Farg‘ona davlat universiteti.
2025-2026 o‘quv yilidan:
- mazkur universitetlarning malaka talablari va o‘quv dasturlari yuqori 300 talik ro‘yxatga kirgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining dasturlari asosida ishlab chiqiladi;
- iqtidorli talabalar uchun darslar xorijiy tillarda o‘qitiladigan alohida guruhlarda tashkil etiladi.
Farg‘ona davlat texnika universitetida Ilg‘or muhandislik maktabi va “spin-off” korxonalari faoliyati tashkil etiladi hamda yirik ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlari sanoat hamkori sifatida biriktiriladi.
Tugatilayotgan oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan barcha talabalar o‘qishini yangidan tashkil etilgan tegishli universitetlarda davom ettiradi.
Mavzuga oid
09:56 / 18.05.2025
O‘zbekistonda OTM talabalari uchun yagona forma joriy qilinishi haqidagi xabarlar rad etildi
17:02 / 15.05.2025
“Baribir shu yerga quramiz”– Farg‘ona shahrida bolalar maydonchasi o‘rniga “dom” qurilyapti
13:36 / 03.05.2025
Farg‘ona va Urumchi o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilyapti
11:48 / 02.05.2025