Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kiberjinoyatchilik bilan kurashish bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi
Prezident tomonidan «Raqamli texnologiyalar vositasida sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish sohasi uchun professional kadrlar tayyorlash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaror imzolandi.
Kelgusi o‘quv yilidan IIV Akademiyasida «Raqamli texnologiyalar sohasida jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyati» yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriatga qabul boshlanadi. O‘qish muddati to‘rt yilni tashkil etadi.
Matematika, informatika, dasturlash va axborot texnologiyalaridan xalqaro, mintaqaviy va respublika olimpiada sovrindorlari dastlabki tanlovdan o‘tgandan so‘ng yakuniy yakka tartibdagi suhbatsiz o‘qishga qabul qilinadi.
O‘z navbatida, Huquqni muhofaza qilish akademiyasida «Kiberxavfsizlikni huquqiy ta’minlash» magistratura mutaxassisligiga qabul boshlanadi. O‘qish muddati bir yilni tashkil etadi. Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan belgilanadigan xalqaro nufuzli IT-sertifikatlarga ega bo‘lgan nomzodlar «Informatika va axborot texnologiyalari» fanidan imtihonlardan ozod etiladi.
Mavzuga oid
10:42 / 01.05.2025
Mahalliy korxonalar mutaxassislari xorijda malaka oshiradi
17:50 / 01.03.2025
Ko‘chatlar nima sababdan quriydi, ularni qanday ekish kerak o‘zi? – mutaxassis bunga javob berdi
13:39 / 10.01.2025
O‘rta ta’lim muassasalariga 500 nafar xorijiy mutaxassis jalb etiladi
09:49 / 23.07.2024