Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Tolibon» Afg‘onistondagi yagona ayollar radiostansiyasini yopdi
Radiostansiya boshlang‘ich ta’limdan mahrum qilingan qizlar uchun darslar olib borayotgan edi.
«Tolibon» mamlakatdagi Radio Begum yagona ayollar radiostansiyasini yopib qo‘ydi, u boshlang‘ich ta’limdan mahrum qilingan qizlar uchun darslar olib borgan.
CNN ma’lumotlariga ko‘ra, «Tolibon» Axborot vazirligi telekanal «ko‘p marotaba eshittirish siyosatini buzish va radiostansiya litsenziyasidan noto‘g‘ri foydalanish, jumladan, xorijiy kontent va ko‘rsatuvlarni ruxsatsiz taqdim etish» tufayli to‘xtatilganini aytgan. Shuningdek, stansiyaning kelajagi «vaqti kelganida» aniqlanishi ma’lum qilingan.
Radio Begum xodimlarining aytishicha, «Tolibon» ularning Kobuldagi ofisiga bostirib kirib, kompyuterlar, disklar va telefonlarni tortib olgan va stansiyada ishlagan ikki kishini hibsga olgan.
Taqiqlanishdan oldin Radio Begum butun Afg‘oniston bo‘ylab ayollar uchun kuniga olti soatlik darslar, shuningdek, salomatlik, psixologiya va ma’naviyat dasturlarini efirga uzatgan. Radiostansiya afg‘on qizlariga ta’lim berish va ayollarni qo‘llab-quvvatlaganini, biroq, «hech qanday siyosiy faoliyatda ishtirok etmaganini» ma’lum qilgan.
Mavzuga oid
21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi
15:06 / 15.05.2025
O‘zbekiston Afg‘onistondan chorva mollarini import qilishi mumkin
17:22 / 14.05.2025
Afg‘oniston O‘zbekistonga Hirot oq marmarini sovg‘a qildi
17:47 / 12.05.2025