Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
London "Ramshtayn" formatidagi Ukraina bo‘yicha uchrashuvga boshchilik qiladi
Ukraina mudofaasi bo‘yicha Aloqa guruhining "Ramshtayn" formatidagi navbatdagi yig‘ilishi 12 fevral kuni AQSh emas, Buyuk Britaniya boshchiligida bo‘lib o‘tadi.
Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatuvchi davlatlar xalqaro koalitsiyasining navbatdagi yig‘ilishiga ilk bor AQSh emas, Buyuk Britaniya raislik qiladi. «Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Jon Xili 12 fevral kuni Bryusseldagi NATO qarorgohida Ukraina mudofaa bo‘yicha aloqa guruhini yig‘adi», deb xabar qildi Buyuk Britaniyaning NATOdagi missiyasi 6 fevral, payshanba kuni ijtimoiy tarmoqda.
Bayonotda aytilishicha, 26-"Ramshtayn" uchrashuvi NATOga a’zo davlatlar mudofaa vazirlari yig‘ilishi oldidan bo‘lib o‘tadi, unda Ukraina uchun ustuvor vazifalar muhokama qilinadi, chunki xalqaro hamjamiyat Kiyevni Rossiya harbiy tajovuzkorligini qaytarishda qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha hamkorlikni davom ettirmoqda.
Yig‘ilish Tramp inauguratsiyasidan keyingi ilk uchrashuv bo‘ladi
"Ramshtayn" formati 2022 yilning bahorida Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishi boshlanganidan keyin Kiyevga harbiy yordamni muvofiqlashtirish uchun tashkil etilgan. Guruh yig‘ilishlariga an’anaviy tarzda Qo‘shma Shtatlar, xususan, AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin raislik qildi. Bunday formatdagi 26-yig‘ilish Donald Tramp Oq uyga qaytganidan keyingi ilk uchrashuv bo‘ladi.
Avvalroq The Times gazetasi xabardor manbalarga tayanib, Tramp ma’muriyati Britaniya mudofaa vaziri Jon Xilidan guruhga raislik qilishni va ittifoqchilarni yig‘ishni so‘ragani haqida xabar bergan edi.
AQShning yig‘ilishga raislik qilishdan bosh tortishi Tramp jamoasining Ukraina bo‘yicha rasmiy pozitsiyasi va Kiyevga keyingi harbiy yordam bo‘yicha hali qaror qabul qilinmagani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin, dedi nashrga Yevropa Ittifoqining yuqori martabali rasmiysi. Boshqa bir manba buni Pentagonning yangi rahbari Pit Xegsetning yaqinda o‘z lavozimiga kirishgani va endigina «narsalarni o‘rganishni boshlagani» bilan bog‘ladi. Xegset 12 fevral kuni bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishda ishtirok etishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
00:11 / 13.05.2025
Londonda Rossiya josuslik tarmog‘i rahbari 10 yilga qamaldi
10:17 / 10.05.2025
London va Skandinaviya Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi
20:05 / 04.05.2025
BMT sudyasi qullik mehnatiga majburlagani uchun 6 yilga qamaldi
21:50 / 23.04.2025