Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada mast haydovchi ikki insonning umriga zomin bo‘ldi
Haydovchi ikki kishini urib yuborib, hodisa joyidan qochib ketgan.
Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida mast holda mashina boshqargan haydovchi ikki kishining o‘limiga sabab bo‘ldi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar bermoqda.
“Millar” informatsion dasturida berilgan lavhada aytilishicha, Quva-Marhamat avtomobil yo‘lining Toshloq tumanidan o‘tgan qismida haydovchi Damas mashinasini mast holda katta tezlikda boshqaradi.
Avval yo‘l chetida velosipedda ketayotgan fuqaroni, so‘ng yo‘lning narigi chetida turgan 5 yoshli qizchani urib yuborgan va voqea joyidan qochib ketgan.
Oqibatda velosipedda ketayotgan otaxon voqea joyida, qizcha esa shifoxonada vafot etgan.
Xabarda haydovchi ushlanganmi yoki yo‘qmi, bunga oydinlik kiritilmagan.
Mavzuga oid
01:49 / 27.05.2025
Namanganda daraxtga urilgan Nexia-3 yonib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
20:21 / 24.05.2025
«So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlarida avtomobil boshqargan o‘quvchilar aniqlandi
21:28 / 22.05.2025
Toshkentda yo‘lovchilar avtobus harakatiga to‘sqinlik qilgan avtomobil haydovchisini jazoladi
10:27 / 22.05.2025